“Barchangiz mendan rozi bo‘ling”- Rayhon G‘aniyeva Umra safariga yo‘l oldi (video)

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Rayhon G‘aniyeva oila a’zolari bilan birgalikda Umra ziyoratiga jo‘nab ketayotganini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi.
Xonanda safar oldidan muxlislariga murojaat qilib, ulardan o‘zini rozi qilishlarini va bilib-bilmay ko‘ngillarini og‘ritgan bo‘lsa, kechirishlarini so‘radi.
“Azizlarim, men Umra safariga yo‘l olyapman. Barchangiz mendan rozi bo‘ling. Agar bilib-bilmay ko‘nglingizni og‘ritgan bo‘lsam, meni kechiring. Alloh barchamizga tinchlik, salomatlik va xayrli kunlarni nasib etsin. Duolaringizda eslab qo‘ying”, — deya yozdi xonanda.
Shuningdek, Rayhon G‘aniyeva o‘z sahifasida Madina shahriga yetib borganiga oid videolarni ham joylashtirmoqda.
Xonandaning ziyorat safari haqidagi xabari muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Ular izohlarda Rayhonga ezgu tilaklar bildirib, ibodatlari va duolari qabul bo‘lishini tilashmoqda.































Izohlar 0
…