Zohid Risqiyev va Kamola Ortiqova Umra ziyoratida (video)

Zohid Risqiyev va Kamola Ortiqova Umra ziyoratida (video)

«Ummon» guruhi xonandasi Zohid Risqiyev turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova bilan muqaddas Umra ziyoratiga bordi. Juftlik ayni kunlarda muqaddas qadamjolarda bo‘lib, safar taassurotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislari bilan bo‘lishmoqda.

Zohid va Kamolaning Makka va Madina shaharlaridan ulashgan surat hamda videolari kuzatuvchilar e’tiborini tortdi. Muxlislar juftlikka samimiy tilaklarini bildirib, ziyoratlari qabul bo‘lishini tilamoqda.

Zohid Risqiyev va Kamola Ortiqova hayotda og‘ir sinovlarni boshdan kechirgan juftliklardan biri. Xususan, 2022 yilda xonanda og‘ir avtohalokatga uchrab, ikki oydan ortiq vaqt komada yotgan. O‘sha davrda Kamola turmush o‘rtog‘ining sog‘ayishi uchun kurashib, unga dalda bo‘lgan.

Ayni paytda juftlikning muqaddas ziyoratdan ulashayotgan lavhalari muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Ularga Umra amallarini bexatar ado etib, sog‘-salomat qaytishlarini tilaymiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar