Umra safari oldidan duo qilayotgan 68 yoshli imom vafot etdi (video)

Umra safari oldidan duo qilayotgan 68 yoshli imom vafot etdi (video)

Turkiyaning Konya shahrida umra ziyoratiga otlanayotgan Abdulla O‘zkan aeroportda duo qilayotgan vaqtda to‘satdan o‘zini yomon his qilib, yerga yiqilgan. Shifoxonaga olib borilgan 68 yoshli erkak shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Abdulla O‘zkan 180 nafarga yaqin ziyoratchidan iborat guruh bilan birga Konya aeroportiga kelgan. U ehrom kiyimida yo‘lovchilarni muqaddas Makka shahriga kuzatish oldidan duo qilgan. Duodan so‘ng kalimai tavhid va talbiya aytib, Payg‘ambarimizga salavot keltira boshlagan. Uchinchi salavot vaqtida ovozi pasayib, oldinga egilib yiqilgan.

Aeroportdagi tibbiyot xodimlari unga dastlabki yordam ko‘rsatib, yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazgan. Keyinchalik tez yordam mashinasida Selchuk universiteti tibbiyot fakulteti shifoxonasiga olib borilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ehtirom kiyimidagi kishilar yiqilgan odamga yordam bermoqda.

Hodisa guvohlaridan biri, Abdulla O‘zkan bilan 15 yildan beri birga ishlagan Islom Gyumushning aytishicha, marhumda voqeadan oldin biror kasallik alomati sezilmagan. Beyshehir muftiysi Enes Aktash esa O‘zkanning umra safari oldidan ehromda, duo va salavotlar aytayotgan vaqtda vafot etganini ma’lum qilgan. Uning o‘lim sababi bo‘yicha tibbiy xulosa hali e’lon qilinmagani ham qayd etilgan.

Abdulla O‘zkanning jasadi 6 noyabr kuni Beyshehir tumanidagi Charshi masjidida juma namozidan so‘ng o‘qilgan janoza namozidan keyin qabristonga dafn etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar