G‘aybulla Tursunov Humo Arena'da katta yakkaxon konsert beradi!

20 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida o‘zbek estradasi vakili G‘aybulla Tursunovning «Quralay» nomli katta yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. Xonanda muxlislariga unutilmas musiqiy oqshom taqdim etishni rejalashtirgan.
Konsert dasturidan ijodkorning tinglovchilar orasida mashhurlikka erishgan bir qator qo‘shiqlari o‘rin oladi. Jumladan, muxlislar «Janona», «Yor», «Shunchaki» va «Quralay» kabi taronalardan jonli ijroda bahramand bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, dastur davomida xonandaning boshqa qo‘shiqlari ham yangrashi kutilmoqda.
Katta sahnada tashkil etiladigan konsert G‘aybulla Tursunov ijodiga muxlislik qiladiganlar uchun sevimli taronalarni bir joyda tinglash imkoniyatini yaratadi.
Tadbirga kirish chiptalari 80 ming so‘mdan boshlanadi. Ularni iTicket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…