Neslihan Atagul 9 yildan so‘ng «Sevgi iztirobi» serialidagi qizi bilan uchrashdi (video)

1 daqiqa o'qish9
Neslihan Atagul 9 yildan so‘ng «Sevgi iztirobi» serialidagi qizi bilan uchrashdi (video)

Turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul mashhur «Sevgi iztirobi» («Kara Sevda») serialida uning qizi Deniz obrazini gavdalantirgan Arven Beren Kushatman bilan oradan to‘qqiz yil o‘tib yana uchrashdi.

Samimiy uchrashuv 12 noyabr kuni Istanbulda aktrisaning ilk bolalar kitobi — «Bu Evde Bir Afet Var» taqdimotida bo‘lib o‘tdi. Arven Beren aktrisani yangi kitobining nashr etilgani bilan tabriklash va undan imzoli nusxa olish uchun tadbirga kelgan.

Neslihan Atagul uni bag‘riga bosib, serial suratga olingan davrni esladi. «Sen mening qo‘limda katta bo‘lding. Uch oylik paytingda menikiga berishgandi. Qara, qanday katta bo‘libsan», — deya hayratlandi aktrisa.

Neslihan Atagul 9 yildan so‘ng «Sevgi iztirobi» serialidagi qizi bilan uchrashdi (video)

Eslatib o‘tamiz, «Kara Sevda» seriali 2015–2017 yillarda namoyish etilgan. Unda Neslihan Atagul Nihon, Arven Beren esa uning chaqaloq qizi Deniz rolini ijro etgan. Yillar o‘tib ekrandagi ona-qizning uchrashuvi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e’tiborini tortdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?