Daxshat: AQSHda tanker bilan to‘qnashgan kruiz kemasi ag‘darilib ketdi (video)
1 daqiqa o'qish32

AQSHning Luiziana shtatidagi Yangi Orlean shahrida noodatiy dengiz hodisasi yuz berdi. Missisipi daryosi bo‘yida to‘xtab turgan kruiz kemasi tanker bilan to‘qnashuv oqibatida ag‘darilib ketdi.
Hodisa vaqtida kruiz kemasi bortida jami 180 kishi bo‘lgan. Ularning 129 nafari yo‘lovchilar, qolganlari esa ekipaj a’zolari edi.
To‘qnashuvdan so‘ng qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Kemadagi barcha 180 kishi xavfsiz tarzda qutqarilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa katta talafotlarning oldi olingan holda yakunlangan.
Voqea Missisipi daryosida kemalar harakati xavfsizligi masalasiga ham e’tibor qaratdi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…