Diora Usmonova va Munisa Rizayeva roli uchun Bobur Mansurovdan pul olganmi? (video)

Bobur Mansurov Diora Usmonova va Munisa Rizayeva kabi taniqli ijodkorlar bilan ishlash jarayonida ularga haq to‘langanmi, degan savolga javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, ayrim ijodkorlarga loyiha uchun o‘zlari taklif bilan chiqishadi, ba’zan esa taklifning o‘zi ijodkorlar tomonidan keladi. Diora Usmonovaga esa rolga mos tushgani uchun jamoaning o‘zi taklif bildirgan.
“Diora Usmonovaga o‘zimiz taklif berganmiz, rolga to‘g‘ri keladi deb. Bizdan pul olmagan. Ular, menimcha, pul uchun tushishmasa kerak. Juda talantli va samimiy ijodkorlar”, — dedi Bobur Mansurov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa dastlab ayrim rollarni ijro etish ijodkorlar uchun qiyin bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagan. Biroq ular kutilganidan ham yaxshiroq natija ko‘rsatib, obrazlarga turli fikrlar va improvizatsiyalar qo‘shgan.
Mansurov ularni kuchli energiyaga ega, ijodiy yondashuvi bilan ajralib turadigan ayollar sifatida ta’rifladi va ijrolari jamoa kutganidan ham yuqori darajada bo‘lganini ta’kidladi.































Izohlar 0
…