Amirxon Umarovning to‘yidagi "tort kesish marosimi" e’tibor tortdi (video)

Amirxon Umarov 2 noyabr kuni Pokiza ismli qiz bilan turmush qurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning nikoh oqshomidan olingan videolar tarqalib, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Videolardan ko‘rinishicha, to‘y ko‘tarinki kayfiyatda, fayzli va chiroyli tarzda o‘tgan. Unda san’at sohasi vakillari ham ishtirok etib, xonandalar kuy-qo‘shiqlari bilan davraga yanada fayz bag‘ishlagan. Mehmonlar esa sho‘x taronalarga raqsga tushib, bazmga o‘zgacha shukuh ulashgan. Kelin-kuyovning romantik musiqa sadolari ostida birgalikda raqsga tushgan lahzalari ham videolarda aks etgan.
Ayniqsa, kelin-kuyovning tort kesish marosimi e’tiborga molik bo‘ldi. Ular maxsus tayyorlangan tortning ustini birgalikda mevalar bilan bezashdi. Shundan so‘ng esa tortni birga kesib, bir-birlariga tortiq qilishdi. So‘nggi yillarda ko‘plab to‘ylarda kuzatilayotgan ushbu odat nikoh oqshomiga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda kuzatuvchilar Amirxon Umarov va uning rafiqasiga samimiy tilaklar bildirib, ularga baxtli va totuv hayot tilamoqda.






























Izohlar 0
…