Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullaevaga atalgan haqoratli postini sahifasidan o‘chirib yubordi

1 daqiqa o'qish9.3K
Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullaevaga atalgan haqoratli postini sahifasidan o‘chirib yubordi
Shahzoda Muhammedovaning O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaevaning ustidan ijtimoiy tarmoqlarga yozib qoldirgan nomaqbul va haqoratli so‘zlari o‘tgan hafta muhokamalar maydonining asosiy mavzusi bo‘ldi, desak, yanglishmaymiz.
Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullaevaga atalgan haqoratli postini sahifasidan o‘chirib yubordi
Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab mushtariylarimiz o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ko‘plar bu vaziyatda Shahzoda Muhammedovani qoralab, qilayotgan ishlari xato ekanini, ustoz san’atkor bunday munosabat, haqoratlarga loyiq emasligini aytishdi. Ular orasida Shahzodani oqlagan, vaziyat shuni taqozo etgandir, deganlar ham topildi. Dilorom Omonullaeva esa bo‘lib o‘tgan voqealar haqida o‘z fikrlarini bayon etar ekan, bu holatga og‘ir-bosiqlik bilan yondashayotganini, Shahzoda bilan baqir-chaqirga toqati yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Bu holatga o‘zbek ziyolilari, madaniyat va san’at olami vakillari ham jim qarab turgani yo‘q. Hadiksiramagani OAV orqali, qolganlari zimdan Dilorom Omonullaevanining yonini olib, Shahzodaning xatti-harakatlarini hech qanday yo‘l bilan oqlab bo‘lmasligini aytib chiqishdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dotsent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi Oydin Abdullaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Dilnoza Ismiyaminova, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldoshevaning fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etgan edik.

Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan ikki postida Dilorom Omonullaevani qattiq haqorat qilib, uni ruhan kasal, razil inson, deb ta’riflagan, pora olishiga sha’ma qilgan, uni azroilga qiyoslagan edi. Bir necha kun davomida muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur postni Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi sahifasidan olib tashladi. Balki u madaniyat va san’at sohasi vakillarining e’tirozlarini to‘g‘ri qabul qilib, uzr so‘rashi haqidagi takliflarini inobatga olgandir. Tez orada u O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaevadan qilgan ishlari uchun uzr so‘rasa ham, ajab emas.

Voqealar rivojini birgalikda kuzatishda davom etamiz.

Manba: Qalampir.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?