Shahzoda Muhammedova ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi: "Haqiqiy zafar tinimsiz mehnat ortida yashiringan"

Shahzoda Muhammedova ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi: "Haqiqiy zafar tinimsiz mehnat ortida yashiringan"

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova navbatdagi mukofot bilan taqdirlandi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ko‘krak nishoni bilan tushgan suratlarini e’lon qildi.

Muhammedova ushbu suratlarni milliondan ortiq shogirdlari va dizayn sohasiga qiziqadigan yoshlarni ruhlantirish maqsadida ulashganini yozdi. U kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun mehnatsevarlik, iroda va qat’iyat muhim ekanini ta’kidladi.

Dizaynerning fikricha, inson o‘z maqsadi yo‘lida turli qiyinchiliklarga duch kelishi va atrofdagilarning shubhalariga qarshi turishi mumkin. Biroq tinimsiz mehnat va harakat oxir-oqibat o‘z samarasini beradi.

Shahzoda Muhammedova o‘z shogirdlarini san’at va dizayn yo‘lidagi yaqin hamfikrlari sifatida e’tirof etdi. U kelajakda ularning ko‘pchiligi yuksak davlat mukofotlariga munosib bo‘lishiga ishonishini bildirdi. Aktrisaning ta’kidlashicha, shogirdlari Parij, Milan va Moskva kabi dunyoning mashhur moda markazlarida o‘z ko‘rgazmalari bilan qatnashmoqda. Ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari esa Muhammedova uchun alohida faxr va quvonch manbai hisoblanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar