"Qizimdan xavotir oladigan bo‘lib qoldim" — Shahzoda Muhammedova oxirgi bo‘layotgan voqealar haqida fikr bildirdi

"Qizimdan xavotir oladigan bo‘lib qoldim" — Shahzoda Muhammedova oxirgi bo‘layotgan voqealar haqida fikr bildirdi

Aktrisa Shahzoda Muhammedova so‘nggi kunlarda bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq voqealar ortidan farzandi uchun xavotiri kuchayganini ma’lum qildi. U intervyu davomida qizi bilan bog‘liq ehtiyot choralariga ham to‘xtaldi.

Aktrisaning aytishicha, u qizini ko‘chaga ortiqcha olib chiqmaslikka harakat qilmoqda. Agar biror sabab bilan farzandini o‘zi bilan olib keta olmasa, uni oila a’zolari yoki ishonchli yordamchilariga topshiradi.

Shahzoda Muhammedova farzand tarbiyasida ota-onaning nazorati muhimligini ta’kidladi. U, ayniqsa, bolani maktab, bog‘cha yoki boshqa muassasaga berishda tanlovga jiddiy yondashish kerakligini aytdi.

"Farzandlarimizni Allohning o‘zi asrasin. Baribir nazoratni qo‘ldan bermaslik kerak", deya fikr bildirdi aktrisa. U bog‘cha tarbiyalanuvchisiga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi xabarni eshitib, ruhiy jihatdan og‘ir kechinmalarni boshdan o‘tkazganini ham aytdi. Muhammedova bunday vaziyatlarda nafaqat bevosita aybdorlar, balki nazorat va mas’uliyat masalasiga ham e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar