Shahzoda Muhammedova: “Parodiyaga juda qiziqaman”

Shahzoda Muhammedova: “Parodiyaga juda qiziqaman”

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova intervyularidan birida ijtimoiy tarmoqlarda turli obrazlarda ko‘rinishiga izoh berdi. U parodiya janriga bo‘lgan qiziqishi bolalik davridan boshlanganini ma’lum qildi.

Suhbat davomida unga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bir kuni bir obrazda, boshqa kuni esa yana boshqa qahramon qiyofasida ko‘rinishi haqida savol berildi.

“Shahzoda opa, siz o‘zingizni topa olmayapsizmi?” deya hazilomuz savol berildi.

Muhammedova esa bu holatning sababi parodiyaga bo‘lgan qiziqishida ekanini aytdi.

“Yo‘q, yo‘q. Men o‘zi juda parodiya janriga qiziqaman. Bolaligimdan, maktab davrimdan ustozlarimizni kursdoshlarimiz, sinfdoshlarimiz bilan parodiya qilardik, ularga o‘xshatardik. Hamma kulib, miriqib tomosha qilardi. Qarangki, baribir o‘sha qiziqish yuragimda qolib ketgan shekilli. Parodiyaga juda qiziqaman”, — dedi u.

Ikki xil obrazdagi va libosdagi ayolning yonma-yon portret surati.

Aktrisaning aytishicha, turmushga chiqib, ikki farzandli bo‘lganidan so‘ng parodiya qilishni to‘xtatishga qaror qilgan. Biroq vaqt o‘tib, bu janrga bo‘lgan qiziqishi yana qaytgan.

“Turmushga chiqdim, ikkita farzandli bo‘ldim. 'Yo‘q, boshqa parodiya qilmayman', degan edim. Chunki 'Dizayn' konsertlarida ham chiqish qilgan vaqtlarim bo‘lgan. Ochig‘i, hozir o‘sha videolarni ko‘rsam, o‘zim uyalaman. Lekin Instagram sahifamda qanaqadir turli xil obrazlarda qahramonlarni olib chiqqim keldi”, — deya ochiq aytdi Shahzoda Muhammedova.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar