Maxset O‘temuratov Chingizxon rolini ijro etgan klip premyerasi (video)

Maxset O‘temuratov Chingizxon rolini ijro etgan klip premyerasi (video)
Yaqinda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Nodir Umarov musiqasi, Botirjon Ergashov so‘zi bilan kuylangan Jaloliddin Manguberdi haqidagi "Mendirman" klipini premyera qildi.

Xonandaning yangi ijod mahsuli buyuk sarkarda, qat’iyatli va irodali shaxs, raqiblarining o‘zi mardligiga tan bergan inson Jaloliddin Manguberdi siymosiga bag‘ishlangan. Ushbu klip “9999” studiyasi tomonidan suratga olindi.

Videoklipda Chingizxon rolini qoraqalpog‘istonlik xonanda Maxcet O‘temuratov ijro etgan.

Quyida mazkur klipni tomosha qilishingiz mumkin:

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar