Foto: «TASS»
Britaniyaning Coldplay guruhi a’zolari, jumladan uning yetakchisi Kris Martin koronavirus pandemiyasi tufayli uyda o‘tiribdi, deb yozadi Meduza.
Biroq karantin konsert bermaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun akustik gitara va pianino bilan qurollangan Martin Instagram orqali muxlislariga konsert berdi.
Xonanda mini-konsertda muxlislar buyurtmasiga ko‘ra qo‘shiqlar ijro etdi. Jonli efirda u Coldplay’ning «Green Eyes», «Yellow», «Viva La Vida» qo‘shiqlarini kuyladi. Shuningdek Martin Devid Bouining «Life on Mars» qo‘shig‘ining kaver-versiyasini ham ijro etgan.
Translyatsiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Global Citizen xayriya festivali tomonidan tashkil etilgan «Together, at Home» («Birgalikda, uyda») aksiyasi doirasida efirga uzatildi.
Bu koronavirusga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasining bir qismi. Tashkilotchilar aprel oyining oxiriga qadar 675 million dollar yig‘ishni rejalashtirmoqda.
Keyingi onlayn konsertni amerikalik xonanda Jon Lejend beradi.
Avvalroq Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmagani, shuningdek AQSHning barcha shtatlarida ushbu infeksiyani yuqtirish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Bir necha taniqli aktyorlarda ham ushbu kasallik aniqlandi.
Xususan, aktyor Tom Xenks va uning rafiqasida, «Taxtlar o‘yini» yulduzi Kristofer Xivyuda, britaniyalik aktyor Idris Elba hamda aktrisa Olga Kurilenkoda ham koronavirus aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin