
O‘zbek san’atkorlari va sportchilari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 8 aprel kuni ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va foto postlar joyladi.
Fazliddin G‘oyibnazarov shifokorlarni bugungi kun qahramonlari deb atab, ularga minnatdorchilik bildirib, video lavha joyladi.
Xonanda Rayhon karantin vaqtida xizmat qilib yurgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan kuylangan «Go‘zal hayot» taronasini sahifasiga joyladi. Ozodbek Nazarbekov xonandaga bu uchun minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva «Sevimli» kanalda jonli ijroda konsert berishini ma’lum qilib, video post joyladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev ancha yillar oldin kuylagan «Qaytar dunyo deydilar» deb nomlangan qo‘shig‘ini bugun joyladi.
Bugun duet bo‘lib kuylangan qo‘shiq va kliplar premera qilinadigan kun bo‘ldi. Munisa Rizayeva hamda Yamin Band «Armon» deb nomlangan videoklipini premera qildi.
Ali Otajonov hamda Dilmurod Sultonov esa «Dili boshqa» deb nomlangan qo‘shiqni premera qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar