18:07 / 02.08.2020
10 378

«Qora niyat»dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar

«Qora niyat»dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar
2016 yil Show TV kanalida efirga uzatilgan Kış Güneşi («Qish quyoshi») filmidagi Efruz roli bilan takror ekranga qaytgan Nesrin Javadzade bugun nafaqat Turkiyada, balki turk seriallarining butun dunyodagi ishqibozlariga ham yaxshi tanish. O‘zbekistonlik tomoshabinlar Nesrinni «Qora niyat» serialidagi Shahika obrazi orqali yaxshi biladi. Quyida Nesrin Javadzade haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Nesrin Jevadzade 1982 yil 30 iyulda Ozarbayjonda tug‘ilgan. U asli bokulik bo‘lishiga qaramay, hozirgi paytda Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri. Bolaligida ota-onasi bilan Istanbulga ko‘chib kelgan Nesrin o‘rta ma’lumotni poytaxtda oladi. Keyin Marmara universitetining Televideniye va kino fakultetiga o‘qishga kirdi. Darslar davomida o‘qituvchilari Nesrinning iste’dodi va shijoatini payqadi va uning aktyorlik sohasini tanlaganini juda to‘g‘ri deb baholashdi. Bo‘lajak aktrisa turli kastinglarda qatnasha boshladi. Nesrinning ilk debyuti 2004 yilda suratga olingan «Suv ustida sayr» filmi edi. Uch yildan so‘ng aktrisa ko‘p qismli «Uysiz» serialida paydo bo‘ldi.

Foto: Hurriyet
Jemal Shan rejissyorligidagi «Dilbarning sakkiz kuni» filmi Nesringa katta muvaffaqiyat olib keldi. Aktrisa aynan ushbu roli uchun Antaliya kinofestivalining «Oltin apelsin» mukofotini qo‘lga kiritdi. «Xavfli sevgi» teleserialida ijro etgan obrazi Juvadzadeni nafaqat Turkiya, balki boshqa mamlakat kino muxlislariga ham yaqindan tanitdi.
View this post on Instagram

sıra sende ??

A post shared by nesrin cavadzade (@nesrin.cavadzade) on


Nesrin Javadzadening filmografiyasida 8 ta serial, 11 ta to‘liq metrajli film bor. Aktrisa 2008 yilda Bursa shahrida o‘tkazilgan «Ipak yo‘li» festivalida «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasini hamda «Dadas» mukofotini olgan.

Aktrisa Nesrin rejissyor Erol Mintashning birinchi to‘liq metrajli «Onamning qo‘shig‘i» va urush haqida hikoya qiluvchi «So‘nggi maktub» filmidagi rollari bilan 51-«Oltin apelsin» kinofestivalida «Eng yaxshi ayol aktrisa» nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

Foto: Anadolu AA
Javadzadening shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar kam. Yaqinda fotomuxbirlar Istanbuldagi savdo markazida aktrisani sevgilisi bilan birga suratga olgan. Ammo ular turli tomonga ketib, bir-birini tanimasliklarini ta’kidlagan.

Nesrin «Qora niyat»dagi «ashaddiy dushmanlari» — Yildiz va Ender bilan hayotda yaqin dugonalar. Aktrisa Instagram’dagi sahifasiga ular bilan tushgan suratlarini tez-tez joylab turadi.
View this post on Instagram

bu üçlü çok güçlü. ❤️

A post shared by nesrin cavadzade (@nesrin.cavadzade) on


Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar:
- Aktrisa ozarbayjonlik taniqli akademik Mirmamed Javadzadening nabirasi;
- Yozning issiq kunlarida onasi bilan dengizda sayr qilish uning xobbisi;
- Yoqimli sovunlarni hidlashni yoqtiradi;
- Rus, ingliz va fransuz tillarida gaplasha oladi;
- 7 ta farzandi bo‘lishini xohlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Qora niyat»dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar