17:39 / 08.06.2021
7 609

Sitora Farmonovaning onasi Aziz Rametov qizining qo‘lini so‘ragani haqida so‘zlab berdi (video)


Aktrisa Sitora Farmonovaning onasi Zamira Farmonova «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar» loyihasi mehmoni bo‘ldi. Ko‘rsatuvda Zamira Farmonova taniqli aktyor Aziz Rametov qizining qo‘lini so‘ragani haqida so‘zlab berdi.

«Aziz Rametov bir necha marta qizimga uylanish niyati borligini aytgan. Onajon, xo‘p deng, qizingizga uylanaman, sovchi yuboraman, u bilan necha yildan beri bir-birimizni taniymiz, xarakterimizni bilamiz, degan. Lekin taqdir ekan. Allohim bularning yulduzlarini bir-biriga o‘xshatmadi. Aziz Rametov juda yaxshi bola, uning onasini taniyman, juda yaxshi inson», — deydi Zamira Farmonova.

Shuningdek, aktrisaning onasi qizining nima sababdan hanuzgacha turmushga chiqmayotgani haqida ham gapirdi.
«Sitora qizim men ishimni birinchi o‘ringa qo‘yaman, karera qilaman, deb mehnat qilib yurdi. Sitoraga sovchi qo‘ygan yigitlar bitta shart qo‘ydi: ‘San’atingizni tashlaysiz’, degan. Qizim shuncha yil mehnat qildim, turmushga chiqaman deb, san’atni tashlamayman, deb ko‘nmagan», — deydi Zamira Farmonova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sitora Farmonovaning onasi Aziz Rametov qizining qo‘lini so‘ragani haqida so‘zlab berdi (video)