Sitora Farmonova uchun bugun o‘zgacha kun: tug‘ilgan kunidagi samimiy izhorlar!

Sitora Farmonova uchun bugun o‘zgacha kun: tug‘ilgan kunidagi samimiy izhorlar!
Qisqacha

Sitora Farmonova tug'ilgan kunida uni dunyoga keltirgan ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasi va otasiga mehr-muhabbati, g'amxo'rligi hamda qo'llab-quvvatlashi uchun rahmat aytdi. U ota-onasi unga nafaqat hayot, balki dunyoni ko'rish, sevish, orzu qilish, xato qilish va xatolardan keyin kuchliroq bo'lish imkonini berganini yozdi. Uning samimiy murojaati muxlislar e'tiborini tortdi.

Bugun aktrisa Sitora Farmonova uchun alohida kun. Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan san’atkor bu safar tabriklardan ko‘ra, uni dunyoga keltirgan insonlarga minnatdorlik bildirishni afzal ko‘rdi.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy fikrlarini ulashdi. U eng avvalo ota-onasiga murojaat qildi.

"Onajon va dadajon, hayotim uchun rahmat".

Farmonova ota-onasining mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdor ekanini ta’kidladi. Aktrisaning yozishicha, yillar o‘tgan sari inson hayotning naqadar bebaho ne’mat ekanini yanada chuqurroq tushunar ekan.

Sitora Farmonova ota-onasi unga nafaqat hayot, balki dunyoni ko‘rish, sevish, orzu qilish, xato qilish va xatolardan keyin kuchliroq bo‘lish imkonini berganini yozdi.

Uning tug‘ilgan kunidagi samimiy murojaati muxlislar e’tiborini tortdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar