15:54 / 28.03.2022
1 412

«Oskar» mukofoti gʻoliblari e'lon qilindi

«Oskar» mukofoti gʻoliblari e'lon qilindi
Hollivuddagi Dolby Theatre saroyida kino olamining eng nufuzli — «Oskar» mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tashkilotchilar bu yil ilk bor sakkiz nominatsiya (pardoz, original musiqa, sahnalashtirish, ovoz, montaj, qisqa metrajli animatsion film, qisqa metrajli hujjatli va badiiy film) gʻoliblarini tantanali marosim oldidan e'lon qilishga qaror qildi.

Bu yil «Oskar» mukofotiga jami 38 ta asar da'vogarlik qildi. Quyida asosiy nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni tanishtiramiz.

Operatorlik ishi va maxsus effektlar
«Dyuna» filmi ushbu nominatsiyada mukofotni qoʻlga kiritdi.

«Dyuna» filmidan kadr.
Deni Vilnyovning ushbu filmi «Oskar» mukofotiga oʻnta nominatsiya boʻyicha nomzod boʻldi, jumladan, yilning eng yaxshi filmi nomiga ham da'vogarlik qildi. Operatorlik ishi boʻyicha «Oskar» mukofoti Greyg Freyzerga, vizual effektlar mukofot esa toʻrt kishilik jamoaga nasib etdi.

Multfilm
Disneyning «Enkanto» filmi toʻliq metrajli animatsion film nominatsiyasida «Oskar»ni qoʻlga kiritdi.

«Enkanto» multfilmidan kadr.
Ikkinchi plandagi rol
Troy Kotsur «CODA: kar ota-onaning farzandi» filmida «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida Akademiya mukofotiga loyiq topilgan boʻlsa, «Vestsayd tarixi» musiqiy filmi aktrisasi Ariana DeBos «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa» mukofotiga sazovor boʻldi.

Aktrisa Ariana DeBos.
Eng yaxshi stsenariy
Kennet Brana «Belfast» filmi uchun original stsenariy uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritgan boʻlsa, «CODA» filmi stsenariysi muallifi va rejissyori Shan Xeyder «Eng yaxshi moslashtirilgan stsenariy» uchun taqdirlandi.

«Belfast» filmidan kadr.
Rejissyorlik ishi
Jeyn Kempion «The Power of the Dog» filmi uchun «Eng yaxshi rejissyor» nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

«The Power of the Dog» filmidan kadr.
Qoʻshiq
Xonanda Billi Aylish Jeyms Bond haqidagi soʻnggi — «Oʻlishning vaqti emas» filmi uchun yozilgan qoʻshigʻiga «Oskar» mukofotini qoʻlga kiritdi.

Billi Aylish.
Eng yaxshi aktyor
Uill Smit «Qirol Richard» kartinasidagi roli uchun «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida Akademiya mukofoti bilan taqdirlandi.

«Qirol Richard» filmidan kadr.
Eng yaxshi aktrisa
Jessika Chesteyn «Temmi Feyning koʻzlari» filmidagi ijrosi uchun «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasida «Oskar» mukofotini qoʻlga kiritdi.

Amerikalik aktrisa Jessika Chesteyn.
Eng yaxshi film
Shan Xeyderning «CODA» filmi yilning eng yaxshi filmi nominatsiyasida «Oskar» mukofotiga loyiq topildi.

«CODA: kar ota-onaning farzandi» filmidan kadr.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat