Toshkentda eski Mercedes avtobuslari elektrobusga aylantiriladi

1 daqiqa o'qish622
Toshkentda eski Mercedes avtobuslari elektrobusga aylantiriladi
Bu g‘oya Ispaniya hamkorlaridan taklif etildi. O‘zbekiston va Ispaniya yashil transport va avtomobilsozlik sohasida hamkorlik qiladi, deb “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov va ispan kompaniyasi UNVI bosh direktori Eloy Peres ushbu masalani muhokama qildilar.

Tomonlar avval foydalanilgan Mercedes Conecto avtobuslarini elektrobuslarga aylantirish loyihasiga alohida e’tibor qaratishdi. Shuningdek, loyiha doirasida mutaxassislarni o‘qitish va ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish rejalashtirilgan.

Kompaniya rahbari O‘zbekistonda shahar, shaharlararo va turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. U uchrashuv yakunida SamAvto zavodi bazasida hamkorlik loyihasini ishlab chiqishni taklif qildi.

Bundan avval, Toshkent avtobuslarida ayol haydovchilar soni ko‘paytirilishi haqida xabar berilgan edi. 2025 yilda Toshshahartansxizmat kompaniyasi 500 nafar yangi ayol haydovchini o‘qitishni rejalashtirmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?