KamAZ yangi FORA "Tungi quvvatlash" stansiyasini taqdim etdi

1 daqiqa o'qish160
KamAZ yangi FORA "Tungi quvvatlash" stansiyasini taqdim etdi

KamAZ va KRET kompaniyalari elektrobuslar uchun shahar transporti tizimini tubdan oʻzgartirishi kutilayotgan yangi FORA "Tungi quvvatlash" stansiyasini namoyish etdi. FORA EZS-DC-4M deb nomlangan ushbu qurilma 160 kW quvvatga ega boʻlib, maxsus tungi vaqtda texnikalarni quvvatlantirish uchun moʻljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Loyiha doirasida elektrobuslarning quvvatini toʻliq tiklash uchun taxminan 2,5 soat vaqt sarflanadi. Mazkur yechim anʼanaviy ultra-tezkor quvvatlash majmualaridan sezilarli darajada arzonroq ekanligi bilan ajralib turadi. Loyihaning asosiy gʻoyasi — elektr energiyasi tariflari minimal boʻlgan tungi vaqtda transportlarni quvvatlashdir.

Buning sharofatida tashuvchilar xarajatlarni kamaytirishi va transport samaradorligini oshirishi mumkin boʻladi. Endilikda elektrobuslar kunduzi quvvatlash terminallari yonida uzoq vaqt toʻxtab turishiga hojat qolmaydi. Yangi stansiya 0 dan 750 V gacha kuchlanishda ishlaydi va 250 A gacha tok kuchini qoʻllab-quvvatlaydi.

Ishlab chiquvchilar qurilmada bir necha darajali himoya tizimlarini, jumladan, ortiqcha yuklanish, qisqa tutashuv va kuchlanish oʻzgarishlaridan himoyalashni koʻzda tutgan. Uskuna -30 dan +45 °C gacha boʻlgan haroratda ishlashga moʻljallangan boʻlib, namlik va changdan qoʻrqmaydi. Avtorizatsiya uchun RFID-karta yoki maxsus mobil ilovadan foydalanish mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?