Peterburgda chemodandan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi, gumonlanuvchi esa o‘g‘li

2 daqiqa o'qish1
Peterburgda chemodandan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi, gumonlanuvchi esa o‘g‘li

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida chemodan ichidan O‘zbekistonda tug‘ilgan ayolning jasadi topildi. Mazkur jinoyatni sodir etishda uning 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir onasi bilan yuzaga kelgan janjaldan so‘ng og‘ir jinoyatga qo‘l urgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda tug‘ilgan ayol Sankt-Peterburg shahrida farrosh bo‘lib ishlagan. U joriy yilning 1 noyabr kuni oxirgi marta ish joyiga borganidan keyin bedarak yo‘qolgan. Shundan so‘ng yaqinlari u bilan bog‘lanishga harakat qilgan, biroq ayoldan darak olishning imkoni bo‘lmagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakili bildirishicha, ayol telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan, ammo SMS orqali yozishmalarni davom ettirgan. Biroq u xabarlarida qayerda ekani yoki kim bilan birga bo‘lgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Vaziyatdan xavotirga tushgan ayolning opasi uning bedarak yo‘qolgani yuzasidan politsiyaga rasmiy ariza bilan murojaat qilgan.

Marhuma ijaraga olingan xonadonda 15 yoshli o‘g‘li bilan birga yashagan. Onasi yo‘qolganidan keyin o‘smir maktabga uning nomidan yozilgan xatni olib borgan. Xatda onasining kasalligi sababli darslarga kela olmasligi ma’lum qilingan.

Jinoyatga o‘smir va onasi o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 2 noyabr kuni maktab o‘quvchisi va uning onasi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Kelishmovchilik davomida 15 yoshli o‘smir ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda.

«Baza» nashrining qayd etishicha, o‘smir avval ham onasi bilan tez-tez janjallashib kelgan. RЕN TV ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga chekish masalasi sabab bo‘lgan. Fojia bilan yakunlangan so‘nggi janjal ham aynan shu mavzu yuzasidan kelib chiqqan.

Xususan, ayol navbatdagi marta o‘g‘lini zararli odatdan voz kechishga undagan va unga veyp chekishni taqiqlagan. Bu esa o‘smirning noroziligiga sabab bo‘lib, u onasiga hujum qilgan.

«Life» nashri yozishicha, janjal vaqtida o‘smir ayolni poyabzal bog‘ichlari yordamida bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin u jasadni butunligicha chemodanga joylashtirib, ekotropa hududiga yashirib qo‘ygan.

«Baza» nashrining qo‘shimcha qilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari bedarak yo‘qolgan ayolni qidirish bilan shug‘ullanayotgan bir vaqtda, uning o‘g‘li onasining qayerga g‘oyib bo‘lganidan bexabar ekanini ko‘rsatishga uringan.

Hozirda mazkur voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?