O'zbekistonda poliklinikalar yangi tizimga o'tmoqda

1 daqiqa o'qish423
O'zbekistonda poliklinikalar yangi tizimga o'tmoqda
7 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, dori vositalaridan samarali foydalanish va tibbiy ta’limni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb nova24.uz sayti xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari O‘zbekistonda poliklinikalar faoliyatining butunlay o‘zgarishini ma’lum qildi. Yangi tartibga ko‘ra, tibbiy brigada va unga biriktirilgan aholi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuziladi, bu orqali tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Fuqarolar o‘z oilaviy shifokorini mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Bu mutaxassislar tarkibiga xususiy shifokorlar ham kiradi.

Shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam paketi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar to‘liq davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Poliklinikalarda ginekolog shifokorlar soni ikki baravar oshiriladi. Har 3000 nafar bolaga bitta yangi pediatr biriktiriladi.

Endi boshlang‘ich tibbiy yordam tizimida 0,5 yoki 0,25 stavkada ishlash bekor qilinadi. Barcha shifokorlar va hamshiralar to‘liq ish vaqtida faoliyat yuritadi.

Har bir tumanda uchastka va oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalar faoliyati optimallashtiriladi. 12 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 7 ta yirik poliklinika kichik poliklinikalarga aylantiriladi. Tuman markaziy poliklinikasi esa tor sohadagi mutaxassislar faoliyat yuritadigan maslahat-diagnostika bo‘limiga aylantiriladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?