
28 may kuni O'zbekistonda "qizil" darajadagi kuchli magnit bo'roni kuzatiladi, deb NOVA24 xabar berdi.
Meteoagent ma'lumotlariga ko'ra, geomagnit o'zgarishlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Geourushlar soat 14:00 atrofida boshlanishi kutilmoqda, shundan so'ng bu ko'rsatkich 3 ballgacha tushadi. 29 mayga kelib bo'ron kuchining 4 ballgacha pasayishi kutilmoqda.
Mutaxassislar qayd etishicha, magnit bo'ronlarining ta'siri ko'proq yurak-qon tomir, asab tizimi, qandli diabet va bronxial astma kasalligi bor insonlarda seziladi. Shuningdek, ob-havoga hassos odamlar va meteopatiya belgilariga ega shaxslar ham bu ta’sirni kuchli his qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing