O‘zbekiston kompaniyalari $5 mlnlik eksport shartnomalarini tuzdi

1 daqiqa o'qish645
O‘zbekiston kompaniyalari $5 mlnlik eksport shartnomalarini tuzdi
Kursiv xabariga ko‘ra, Jahon bankining E-Gate dasturi orqali O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 83 ta kompaniya Alibaba platformasiga a’zo bo‘lib, umumiy $23 millionlik eksport shartnomalari tuzdi.

Ushbu dastur 2024-yil may oyida ishga tushirilib, ishtirokchilarning 40% dan ortig‘i O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes vakillari bo‘ldi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar mato, yong‘oq, quritilgan meva va boshqa mahsulotlar eksporti bo‘yicha $5 millionlik shartnomalar tuzishdi. Asosiy xaridorlar Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyadan bo‘ldi.

Jahon bankiga ko‘ra, ushbu dastur Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida elektron savdoning faollashuviga olib keldi. Mintaqaviy eksport hajmi $16 millionga yetgan.

2025-yil may oyida Toshkentda o‘tkazilgan e-commerce bo‘yicha mintaqaviy konferensiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston e-commerce uyushmalari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Hujjat transchegaraviy elektron savdoni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Mutaxassislar fikricha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi e-commerce bozori hajmi $3 milliard bo‘lsa-da, raqamli infratuzilmaning sustligi, logistik xarajatlar yuqoriligi va raqamli savodxonlik pastligi uni sekinlashtirmoqda.

Shuningdek, murakkab soliq tartibi va yetkazib berishdagi muammolar sababli noformal e-savdo ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda. Amaldagi qonunchilik esa ko‘plab sotuvchi va xaridor ehtiyojlariga mos kelmaydi.

Markaziy Osiyoda yagona elektron savdo bozori mavjud emasligi sababli tarmoq rivojlanishi cheklangan, deya bildirildi konferensiyada.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?