Qurban hayit kuni Toshkentda 122 masjid atrofida yo‘llar yopiladi

1 daqiqa o'qish312
Qurban hayit kuni Toshkentda 122 masjid atrofida yo‘llar yopiladi
6 iyun kuni, Qurban hayit bayramida, Toshkent shahridagi 122 ta masjid atrofidagi ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi, deb NOVA24 xabar berdi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harakat cheklovlari bayram namozi vaqtida — soat 00:00 dan 08:00 gacha amal qiladi. Yo‘l yopilishi barcha tumanlarda kuzatiladi:

. Mirzo Ulug‘bek tumani: “Tura Buva” masjidi atrofida
. Olmazor tumani: “Islomobod”, “Hazrati Imom”, “Do‘stjonboy” masjidlari yaqinida
. Shayxontohur tumani: “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “Kuh Ota” masjidlari oldida
. Chilonzor tumani: “Novza”, “Ubay ibn Kaab” masjidlari hududida
. Yunusobod tumani: “Minor” va “Mirzo Yusuf” masjidlari atrofida
. Bektemir, Uchtepa, Sergeli, Mirobod, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlaridagi masjidlarga tutash yo‘llarda

Shuningdek, namoz o‘qiladigan joylarga olib boruvchi boshqa ko‘chalarda ham harakat cheklanadi. Haydovchilarga oldindan yo‘nalishni rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?