O‘zbekiston Kaspiy dengizida parom yo‘llarini yo‘lga qo‘ymoqchi

1 daqiqa o'qish1.1K
O‘zbekiston Kaspiy dengizida parom yo‘llarini yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashishni tezlashtirish maqsadida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb uz.kursiv.media xabar berdi.

Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu tashabbus yuk tashish jarayonlarini tezlashtiradi.

Mahkamovning aytishicha, parom yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishda Turkiya hamkor sifatida jalb qilinadi. Shuningdek, Xitoydan O‘zbekistonga qurilayotgan temir yo‘l loyihasi O‘zbekiston-Azarbeyjon tranzitiga ijobiy ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan dengiz yuk tashishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlagan va prezident Shavkat Mirziyoyevni Qora dengiz orqali yuk tashish loyihasiga qo‘shilishga taklif qilgan edi.

Toshkent ilgari ham Kaspiy dengizida o‘z flotini yaratish rejasini e’lon qilgan. O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi kemalar orqali “O‘rta koridor” bo‘yicha yuk hajmi oshishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?