2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarga qabul bo‘yicha kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.
O‘quvchilar o‘z natijalarini my.edu.uz rasmiy saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. Elektron tizim orqali shaffof va tezkor ma’lumot taqdim etilmoqda.
Ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, har bir abituriyent to‘plagan ballariga ko‘ra, ustuvor tartibda tanlagan litseyga qabul qilinadi.
Shuningdek, natijalardan norozi bo‘lganlar uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron apellyatsiya berish huquqiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar