Bugun soat 08:58 da O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi. Zilzilaning epitsentri Andijon viloyati Marhamat tumani hududida joylashgan bo‘lib, u yerda silkinish kuchi 4 ballga yetdi.
Respublika hududida ham zilzila sezildi. Andijon viloyatida 3 ball (29 km masofada), Farg‘ona viloyatida 2–3 ball (45 km masofada), Namangan viloyatida esa 2 ball (72 km masofada) qayd etildi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 268 km janubiy-sharqda joylashgan. Mutasaddilar hozirda vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar