O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi: tafsilotlar

13 noyabr kuni soat 14:13:42 da Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzilaning magnitudasi 2,8 ni, o‘chog‘ining chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etdi. Yer silkinishi Quva va Toshloq tumanlarida ham sezilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Quva tumanida zilzila kuchi 2–3 ballni tashkil etgan. Epitsentrdan ushbu hududgacha bo‘lgan masofa 3 kilometrni tashkil qilgan.
Toshloq tumanida esa yer silkinishi 2 ball darajasida sezilgan. Bu hudud epitsentrdan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan janubi-sharq tomonda, 249 kilometr masofada qayd etilgan. O‘choq koordinatalari 40,51 shimoliy kenglik va 72,01 sharqiy uzunlikni tashkil qiladi.
Zilzila bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Seysmoprognostik monitoring respublika markazining rasmiy saytida e’lon qilingan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…