date

Alisher Qodirov Jennifer Lopez haqida munosabat bildirdi

Alisher Qodirov Jennifer Lopez haqida munosabat bildirdi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov dunyoviylik tushunchasi, uning mazmuni va jamiyatdagi qo‘llanilishi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston dunyoviy davlat sifatida fuqarolarga qonunga zid bo‘lmagan holda erkin yashash imkonini beradi va turli qarashlar egalari teng huquqqa ega.

Qodirov pivo ichish yoki ichmaslik shaxsiy tanlov ekanini, biroq spirtli ichimliklarni reklama qilish qonun bilan taqiqlanganini misol keltirdi. Shuningdek, jamiyatda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar ham dunyoviylikning ko‘rinishlaridan biri ekanini aytdi. Masalan, u Jennifer Lopes konsertini tilga olib, uning kiyinishi yoki tadbirga borish-bormaslik shaxsiy tanlov ekanini ta’kidladi.

Siyosatchi shu nuqtadan kelib chiqib, ro‘mol o‘ragan ayollarning huquqlari ham qonun bilan himoyalanishi zarurligini qayd etdi: “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik. Pasportga suratga tushishda ro‘molni yechishga majbur qilish amaliyotini to‘xtatish kerak, chunki identifikatsiya yuz orqali amalga oshiriladi, soch orqali emas.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Alisher Qodirov Jennifer Lopez haqida munosabat bildirdi