2026-yildan biznesni 15 daqiqada ochish mumkin bo‘ladi

1 daqiqa o'qish243
2026-yildan biznesni 15 daqiqada ochish mumkin bo‘ladi

2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi, deb Kursiv xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda bu yangilik haqida ma’lum qildi. Yangi tizimda tadbirkor ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda elektron raqamli imzo, bank hisob raqami, ijara shartnomasi va soliq organida ro‘yxatdan o‘tgan kassa apparatini bir vaqtning o‘zida olish imkoniga ega bo‘ladi.

Shu tariqa, olti-yetti kunlik rasmiylashtirish jarayoni 15 daqiqagacha qisqaradi.

Qo‘shimcha ravishda, 2026-yildan 10 ta litsenziya va ruxsatnoma talablari bekor qilinadi. Ayrim sohalarda esa faqat xabardor qilish tartibi joriy etiladi. Endilikda qoidabuzarlik aniqlansa, faqat korxonaning o‘zi javobgar bo‘ladi.

32 turdagi mahsulot — ko‘chat, mineral o‘g‘it, chorva ozuqasi va boshqalar uchun majburiy sertifikatlash bekor qilinadi. Majburiy sertifikatlar soni 459 tadan 288 taga qisqartiriladi. O‘rniga “muvofiqlikni deklaratsiyalash” tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar endi iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksteritorial tartibda murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Sud qarorlarining ijrosi cho‘zilsa, “astrent” tizimi ishga tushiriladi va qarzdor har bir kechiktirilgan kun uchun penya to‘laydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?