date

Toshkentda xorijiy tillarni o‘qitish markazlari ish boshladi

Toshkentda xorijiy tillarni o‘qitish markazlari ish boshladi

O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rgatish va ularni ommalashtirish yo‘nalishida yana bir muhim qadam tashlandi. Avval xabar qilinganidek, shu kundan boshlab rasman poytaxtning Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Sirg‘ali tumanlarida joylashgan 84-, 164-, 283- va 104-maktablarda xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari o‘z ishini boshladi.

Bu markazlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida til o‘rganish ko‘nikmalarini kuchaytirish, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir. Markazlarda jami 16 nafar tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, 30 dan ortiq xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan talabalar va magistrantlar ham dars jarayonlariga jalb qilingan.

Darslar ingliz, nemis, xitoiy va koreys tillarida olib boriladi. Bunday keng qamrovli yo‘nalish yoshlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta xorijiy tilni puxta o‘rganish imkonini beradi. Shu orqali ularning bilim saviyasi va kasbiy ko‘nikmalari yanada yuksalishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda xorijiy tillarni o‘qitish markazlari ish boshladi