date

Lemmon kometasi Yerga yaqinlashmoqda

Lemmon kometasi Yerga yaqinlashmoqda

2025 yil 21 oktyabr kuni C/2025 A6 (Lemmon) nomli kometa Yerga nisbatan eng yaqin masofaga yaqinlashadi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kometa bilan Yer orasidagi masofa taxminan 90 million kilometrni tashkil etadi.

Ayni paytda fazoviy jism sayyoramizdan taxminan 200 million kilometr uzoqlikda bo‘lib, u kunlik 5 million kilometr tezlikda Yerga yaqinlashmoqda. Ta’kidlanishicha, kometa avvalgi hisob-kitoblardan farqli o‘laroq, ancha tez yorqinlashmoqda.

Astronomlar oktyabr boshlarida uning yorqinligi 5 yulduz kattaligiga yetishi mumkinligini aytmoqda. Bunday darajadagi kometani oddiy durbin yoki ochiq tungi osmonda shohqor ko‘z bilan ham kuzatish mumkin bo‘ladi.

3 oktyabr kunida Yer va kometa o‘rtasidagi masofa 150 million kmgacha qisqaradi, 21 oktyabr kuni esa u eng yaqin nuqtaga yetadi. Kometaning maksimal yorqinligi oktyabr oxiri va noyabr boshlarida kuzatiladi. Agar uning yorqinligi 2–4 yulduz darajasigacha yetsa, uni osmonda oddiy ko‘z bilan ham aniq ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Lemmon kometasi Yerga yaqinlashmoqda