O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasining umumiy narxi hali aniqlanmagan. “O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, Jizzaxda AES qurilishi xarajatlari mahalliylashtirishning yuqori darajasi orqali kamaytiriladi. Bu haqda u Moskvada Jahon atom haftaligi davomida Spot nashriga ma’lum qildi.
“Qurilishning ma’lum parametrlari bor, ammo narx hali aniqlanmagan. Loyiha umumiy infratuzilma bilan amalga oshiriladi, shuning uchun xarajatlarni optimallashtirishga erishish mumkin. Buning natijasida qurilish xarajatlari sezilarli darajada kamaytiriladi. Ammo, buning aniq natijalari mahalliy va xalqaro mutaxassislar bilan birga har tomonlama hisob-kitoblardan so‘ng ma’lum bo‘ladi”, — dedi Axmedxadjayev.
Shuningdek, Rossiya tomoni O‘zbekistonning AES loyihasi narxini optimallashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq tushunib, buyurtmachi talablariga muvofiq harakat qilmoqda.
Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, agar mahalliylashtirishning yuqori darajasiga erishilsa, “O‘zatom” loyihaning yakuniy narxi bilan maqtana oladi.
O‘zbekistondagi AES qurilishida xarajatlar optimallashtiriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar