Namangan viloyati hududidan o‘tuvchi Qamchiq dovonida keng ko‘lamli sayyohlik loyihasi amalga oshiriladi. Dovonda zamonaviy dor yo‘li (kabel yo‘li) va dam olish maskani barpo etilishi rejalashtirilgan.
Loyiha Avstriyaning dunyoga mashhur Doppelmayr/Garaventa guruhi tomonidan ishlab chiqilib, umumiy 90 gektar maydonni qamrab oladi. Qurilish ishlari “Aisha Group” kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov tomonidan moliyalashtiriladi.
2025-yilning iyul oyida ishlar boshlanishi belgilangan.
Bundan tashqari, Norin daryosi bo‘yida ham yangi turistik hudud tashkil etiladi. Bu yerda sport inshootlari, suzish havzalari, dam olish maskanlari va kemping zonalari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning maqsadi — hududning sayyohlik salohiyatini oshirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!