“Samarqand noni” tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand noni” tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

"Samarqand noni" nomi rasman tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil fevral oyida "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich sifatida ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Endilikda ushbu nomning tovar belgisi sifatida ham huquqiy jihatdan mustahkamlanishi mahsulotning o‘ziga xosligini e’tirof etish va uni bozorda yanada kengroq tanitishga xizmat qiladi.

Mutasaddilar qayd etishicha, mazkur qadam milliy gastronomik merosni asrab-avaylash, mahalliy mahsulotlarning nufuzini oshirish hamda ularni huquqiy himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. "Samarqand noni" nomining ikki maqomda ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning iqtisodiy salohiyatini kengaytirish uchun ham imkoniyat yaratadi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma 10 yil muddatga beriladi. Belgilangan tartibda uning amal qilish muddatini uzaytirish mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar