date

Yangi yil tadbirlari oldidan Toshkentda harakat tartibi o‘zgaradi: haydovchilar diqqatiga!

Yangi yil tadbirlari oldidan Toshkentda harakat tartibi o‘zgaradi: haydovchilar diqqatiga!

Yangi yil bayrami yaqinlashar ekan, poytaxtda tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini mustahkamlash maqsadida bir qator hududlarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Cheklovlar 2025-yil 15-dekabridan 2026-yil 15-yanvarigacha davom etadi. Ushbu muddat davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon atrofi quyidagi yo‘nalishlarda yopiladi:

Zarafshon ko‘chasi: “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qism;
Istiqlol ko‘chasi: A. Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari orasidagi qism;
Buyuk Turon ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qism.

Shuningdek, 2025-yil 17-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida ham harakat cheklovlari joriy etiladi:

Taras Shevchenko ko‘chasi: Fidokor ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
Sayyid Baraka ko‘chasi: Oybek ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.

Shahar hokimligi aholiga murojaat qilib, vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi va haydovchilarga o‘z marshrutlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yil tadbirlari oldidan Toshkentda harakat tartibi o‘zgaradi: haydovchilar diqqatiga!