date

O‘zbekistonliklar Misrga ko‘proq uchyapti: rasmiy raqamlar

O‘zbekistonliklar Misrga ko‘proq uchyapti: rasmiy raqamlar

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 60 979 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,7 ming nafarga, ya’ni 47,7 foizga oshgan.

Safar maqsadlari kesimida eng katta ulush, tabiiyki, dam olish va sayyohat hissasiga to‘g‘ri keladi — 55 090 nafar. Shu bilan birga, Misrga borishning ikkinchi yirik sababi qarindosh-urug‘larni yo‘qlash bo‘lib, bu yo‘nalishda 5 679 nafar fuqaro qayd etilgan.

Qolgan yo‘nalishlar ulush jihatdan ancha kam:

  • davolanish — 172 nafar;
  • o‘qish — 20 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 18 nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar Misrga ko‘proq uchyapti: rasmiy raqamlar