date

O‘zbekistonda har payshanba “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi

O‘zbekistonda har payshanba “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi

O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni rasman “Yoshlar kuni” sifatida belgilandi. Bu tashabbus mamlakatdagi vazirliklar, idoralar va hokimliklarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Har payshanba, sohaviy rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qiladi, ularning fikr va takliflarini eshitadi, kundalik hayotdagi muammolarini hal etishga yordam beradi.

Hokimlar va mas’ul rahbarlar yoshlar uchun qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlar ham tashkil etadi. Ular yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va xorijiy tillarni o‘zlashtirishi, shuningdek ishga kirishi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, startapchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi va ularga maxsus grantlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash beriladi.

Shu kuni eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor va ma’naviyat sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun qiziqarli tanlovlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil qilinadi. Bu tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirish, yangi g‘oyalar va loyihalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

“Yoshlar kuni” yoshlar bilan muloqot, ularning ijodiy va mehnat salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi iqtidorlarni ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda har payshanba “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi