date

Eng arzon va eng qimmat palov qaysi hududda?

Eng arzon va eng qimmat palov qaysi hududda?

Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil fevral oyi uchun O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymatini hisoblab chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida osh tayyorlash narxi turlicha bo‘lib, ayrim viloyatlarda nisbatan arzon, ayrimlarida esa qimmat ekani kuzatilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng arzon palov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, uning qiymati 98 927 so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 105 337 so‘m, Andijon viloyatida 106 984 so‘m atrofida baholangan.

Eng yuqori qiymat esa Toshkent shahrida qayd etilgan — 118 381 so‘m. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 116 256 so‘m, Samarqand viloyatida 114 383 so‘m, Toshkent viloyatida 113 602 so‘m atrofida ekani keltirilgan.

Hisob-kitobda palov tayyorlash uchun zarur asosiy mahsulotlar ham inobatga olingan. Jumladan, 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm guruch, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm tuz sarflanishi hisobga olingan.

Shu bilan birga, mutaxassislar ushbu raqamlar tayyor palovning bozordagi narxini anglatmasligini ta’kidlamoqda. Chunki oshxonalarda palov narxiga tayyorlash xarajatlari va xizmat haqi ham qo‘shib hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Eng arzon va eng qimmat palov qaysi hududda?