O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi tasarrufidagi avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi. 2026 yil 1 iyul holatiga jismoniy shaxslarga tegishli 4 982 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi — 4 618 719 ta. Shuningdek, aholiga tegishli 343 375 ta yuk avtomobili, 7508 ta mikroavtobus va 5786 ta avtobus bor.

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 637 706 ta. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 573 472 ta va Samarqand viloyati — 563 072 ta avtotransport bilan qayd etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar