Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari maktubida Si Szinpinning Xitoy taraqqiyoti va modernizatsiyasidagi o‘rnini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Yangi O‘zbekiston islohotlarini qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholab, Si Szinpinga mustahkam sog‘liq va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar