O‘zbekiston maktablaridaendi o‘quvchilardan darsliklar uchun ijara haqi undirilmaydi

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilardan darsliklar uchun ijara haqi undirilmaydi, kitoblar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bepul foydalanish uchun tarqatilmoqda. Prezidentning 2023 yil 26 maydagi PF-79-son farmoniga muvofiq, darsliklar ijara to‘lovi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatilib, uning vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilgan.
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilardan darsliklar uchun ijara haqi undirilmaydi. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab kitoblar o‘quvchilarga bepul foydalanish uchun tarqatib kelinmoqda.
Prezidentning 2023 yil 26 maydagi PF-79-son farmoniga muvofiq, maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shu munosabat bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatilgan.
Jamg‘armaning barcha vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilgan. Darsliklarni xarid qilish va o‘quvchilarga yetkazish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Shu tariqa maktab ma’muriyati yoki boshqa shaxslar o‘quvchilardan darslik ijarasi uchun pul talab qilmasligi kerak.































Izohlar 0
…