Yangixayotda yangi qurilayotgan bino hududida yong‘in chiqdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Navro'z ko'chasida joylashgan yangi qurilayotgan bino hududida 29 iyun kuni yong'in sodir bo'ldi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga bu haqdagi xabar soat 12:43 da kelib tushgan bo'lib, qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 12:51 da yetib bordi. Tezkor harakatlar natijasida yong'in soat 12:56 da qurshab olinib, soat 12:59 da to'liq o'chirildi.
29 iyun kuni Toshkent shahrining Yangixayot tumanida yangi qurilayotgan bino hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
Soat 12:43 da Navro‘z ko‘chasidagi qurilish maydoni yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Qutqaruv texnikalari soat 12:51 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 12:56 da qurshab olinib, 12:59 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 50 kvadrat metr maydondagi polizol qoplamasi yonib zararlangan.































Izohlar 0
…