Prezident yosh ixtirochi qizlarni elektromobil bilan taqdirladi (video)

O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar sohasida yuksak natijaga erishgan bir guruh iqtidorli qizlar Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi. Yangi avlod avtomobili loyihasini yaratgan jamoaga Volkswagen rusumidagi zamonaviy elektromobil topshirildi.
Mazkur jamoa joriy yilning aprel oyida Yoshlar innovatsiya ofisi ko‘magida tashkil etilgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivalida ishtirok etib, o‘zining innovatsion ishlanmasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Ularning loyihasi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, texnik yechimlari va zamonaviy yondashuvi alohida e’tirof etildi.
Yosh muhandisalarning ushbu muvaffaqiyati munosib rag‘batlantirildi. Davlat rahbari nomidan ularga Volkswagen elektromobili tantanali ravishda topshirildi. Mazkur mukofot yoshlarning ilm-fan, muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni yangi marralar sari ruhlantirishga qaratilgani ta’kidlandi.






























Izohlar 0
…