Prezident Sergelidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, “O‘zgarish” va "Ittifoq" mahallalarida amalga oshirilgan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari hududni piyoda aylanib, yangidan barpo etilgan va ta’mirlangan ko‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari, bolalar maydonchalari hamda aholi uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilmani ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida Prezident mahalla aholisi bilan samimiy muloqot qildi. Ayniqsa, bolalar bilan suhbatlashib, ular bilan esdalik uchun suratga tushgani tashrifning e’tiborli lahzalaridan biri bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Yangi Sergeli ko‘chasida amalga oshirilgan loyiha natijasida 250 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, hududda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi obyektlar foydalanishga topshirilgan. Mazkur o‘zgarishlar aholi turmush sifatini yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.































Izohlar 0
…