O‘zbekistondagi 9 ta g‘or va tuz koni sayyohlar uchun ochiladi

O‘zbekistondagi to‘qqizta g‘or va bitta tuz konini sayyohlar uchun yangi turistik maskanlarga aylantirish rejalashtirilmoqda. Mazkur obyektlarga tashrif buyuruvchilar uchun maxsus sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etilib, zarur infratuzilma yaratiladi.
Turistik obyektlar ro‘yxatidan Peshog‘or, Yaxdon, Omonqo‘ton, Kiyev, Hazrati Dovud, Qorong‘i Yulduz, Boybuloq, Teshiktosh va Amir Temur g‘orlari o‘rin olgan. Shuningdek, Xo‘jaikon tuz koni ham sayyohlik yo‘nalishiga kiritilgan.
Loyihaga ko‘ra, ushbu maskanlarda sayyohlar uchun maxsus yo‘nalish ko‘rsatkichlari va navigatsiya tizimlari o‘rnatiladi. Bu tashrif buyuruvchilarga obyektlar bo‘ylab qulay harakatlanish imkonini beradi.
Bundan tashqari, g‘orlarning uch o‘lchamli modellari yaratiladi. Har bir turistik obyekt uchun QR-kodga ega raqamli pasport ishlab chiqiladi. Sayyohlar mazkur kodni telefon orqali skanerlab, g‘or yoki tuz konining tarixi, xususiyatlari va boshqa ma’lumotlari bilan elektron shaklda tanishishlari mumkin bo‘ladi.































Izohlar 0
…