Chilonzorda 69 va 77-avtobuslar harakati vaqtincha o‘zgaradi

Chilonzorda 69 va 77-avtobuslar harakati vaqtincha o‘zgaradi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining 700 metrlik qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar 7 oktyabr soat 22:00 dan 8 oktyabr soat 06:00 gacha, 8 oktyabr soat 22:00 dan 9 oktyabr soat 06:00 gacha hamda 9 oktyabr soat 15:00 dan 11 oktyabr soat 00:00 gacha amal qiladi. Shu davrda 69 va 77-sonli avtobuslarning harakat sxemasi ham o‘zgartiriladi.

69-sonli «Toshkent vokzali — Qaravan-bozor» avtobus yo‘nalishi Qaravan-bozor tomon harakatlanganda Zargarlik ko‘chasi orqali o‘tadi. Qaytish yo‘nalishida esa Zargarlik, Qatortol-2 va Al-Xorazmiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

77-sonli «Chilonzor, 25-mavze — Mahalliy aeroport-3» yo‘nalishidagi avtobuslar esa har ikki tomonga Zargarlik va Qatortol-2 ko‘chalari orqali harakat qiladi.

Haydovchilar va yo‘lovchilarga mazkur vaqt oraliqlarida harakat yo‘nalishidagi vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar