Saida Mirziyoyeva Serjio Gor bilan Toshkentdagi bozorni aylandi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan Toshkentdagi mahalliy bozorlardan biriga bordi. Bu haqda amerikalik diplomat 17 oktyabr kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«O‘zbekistonga qaytganimdan juda xursandman! Do‘stim Saida Mirziyoyeva bilan mahalliy bozorni aylanish menga zavq bag‘ishladi», — deb yozdi Serjio Gor.
Diplomat bozorga tashrifidan so‘ng Buxoro shahriga ham bordi. U yerda u O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan birga tarixiy shaharni aylandi.
«Bugun Baxtiyor Saidov va hokim Botir Zaripov bilan tarixiy Buxoroga tashrif buyurish juda yoqimli bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni qadrlaydi va ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashni intiqlik bilan kutmoqda», — deb yozdi AQSH vakili.































Izohlar 0
…